INFRASTRUKTURA

INFRASTRUKTURA (lot. infra – ostida) — 1) iqtisodiyot va insonlar hayotiy faoliyatining umumiy shartlarini ta‘minlab beruvchi xalq xo’jaligi tarmoqlari majmui (masalan, ishlab chiqarish infrastrukturasi – transport, aloqa, elektr energiyasi ta‘minoti va boshqalar, ijtimoiy-xo’jalik infrastrukturasi – savdo, yo’lovchilar transporti va aloqasi, ilm-fan, sog’liqni saqlash va boshqalar). 2) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining faoliyati uchun zarur bo’lgan inshootlar, binolar, tizim va xizmatlar majmui, shuningdek, jamiyatning o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar bilan ta‘minlash.