INSONPARVARLIK
INSONPARVARLIK — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to’g’risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko’ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g’amxo’rlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir. Siyosatda insonparvarlik – siyosatning shakli, mazmuni, maqsad va vositalarida namoyon bo’ladi.