KAFOLAT
KAFOLAT (fr. ta‘minot) — insoniyatning, jamiyatning demokratiya va huquqiy davlat tomon rivojlanish jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlaridan biri. Demokratik huquqiy davlat inson, tashkilot va ommaviy harakatlarning huquqlarini konstitutsiyada va boshqa davlat hujjatlarida e‘lon qilish bilan cheklanib qolmay, ulardan amalda foydalanishni kafolatlaydi, ya’ni ta‘minlaydi, amalga oshirishga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi.