KANSLER
KANSLER (nem. kanc1er) — 1) bir qancha davlatlarda oliy mansabdagi shaxs (masalan, Germaniya va Avstriyada federal Kansler-hukumat boshlig’i; Buyuk Britaniyada xazina Kansleri – moliya vaziri, lord-Kansler – lordlar palatasining raisi); 2) Rossiyada 1917-yilgacha – oliy grajdanlik darajasi (1-sinf). Tashqi siyosat rahbarlari (tashqi ishlar kollegiyasi prezidentlari va tashki ishlar vazirlari)ga berilgan.