KOLLEGIALLIK

KOLLEGIALLIK — boshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. Kollegiallikning hal qiluvchi va maslahat beruvchi shaqllari bo’ladi. Kollegiallikning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlik faoliyatiga xosdir.