NEOKOMMUNIZM

NEOKOMMUNIZM (neo – yangi, komunismus – umumiy) — ishlab chiqarish vositalariga umumiy mulkchilik ko’zda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – kommunizmning yangi ko‗rinishi. Sobiq ittifoq tarqab ketgandan so’ng kommunistik partiya negizida qayta tashkil topgan, kommunistik g’oyalarni yangicha talqin qilishga harakat qilayotgan so’l oqim. Neokommunizm tarafdorlarining fikriga ko’ra, kommunizm ilmiy g’oyasi bu g’oyani amalga oshirganlar tomonidan noto’g’ri talqin qilingan va mazkur ta‘limotga noto’g’ri tuzatishlar kiritilgan. Xususan, kommunizmni butun jahon miqyosida o’rnatish mumkin emasligi to’g’risidagi oddiy haqiqat tushunib yetilmagan. Kommunizmni faqat ijtimoiy turmush tarzini o’zgartirish, ya‘ni tashqi muhitga ta‘sir ko’rsatish bilan qurib bo’lmaydi. Sobiq kommunistik arboblar insonning ichki dunyosini o’zgartirishni unutib qo’ygan. Neokommunizm ko’ra, kommunizm – sinfsiz jamiyat. Holbuki, insonlar o‘rtasida hamisha tafovutlar bo’ladi. Neokommunizm ko’ra, sinfsiz jamiyat qurishga faqat yuksak taraqqiy etgan insonlarning birlashishi orqali erishish mumkin. Hech qanday tashqi kuchlar, ayniqsa, majburlash orqali kommunizmga erishib bo‗lmaydi. Chunki bu inson, uning ichki dunyosiga mutlaqo ziddir. Neokommunizm eng avvalo fan va din sinteziga asoslanadi. Neokommunizmning kommunizmdan asosiy farqi – to’la kommunizmga yoki porloq hayotga erishish. Neokimmunist qandaydir aniq qoida va qonunlarga amal qilmaydi, u vaziyatga qarab ish tutadi. Uning uchun umumiy qoidalar quyidagilardan iborat: Ish, eng avvalo, qoniqish hissini uyg‗otishi kerak. Shuning uchun neokommunist har qanday ishdan mamniniyat hosil qilishi kerak. U o’zida yangi qobiliyatlarni topishi va ularni ishga solishi lozim. Neokommunist din va siyosat sohasida foydasiz hamda xavfli bahslarga qo’shilmaydi. Biroq u insoniyatning din va siyosat sohasidagi eng yaxshi tajribasini o’rganib ularga ortiqcha harakat qilmaydi. Kerak odamlar o’zlari Neokommunizmni topib oladi. Neokommunist neokommunistga do’st, o’rtoq va birodar. Ularning kuchi – birlikda. Neokommunizm – proletarchilar harakati. Lekin hozirgi proletariy, sobiq yollanma xodimlar sinfidan farqli ravishda keng, Neokommunizm uchun yangi ma‘noda tushuniladi. Ya‘ni proletariy yollanma ishchi ham, ish beruvchi va mulkdor ham bo’lishi mumkin.