MILLIY ONG

MILLIY ONG — siyosiy ongning yuqori darajasi va shaklidir. Bu darajada mamlakat, millat manfaatlari chuqur anglanadi, rasmiy siyosat ishlab chiqiladi, asoslanadi, amalga oshiriladi va ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Milliy ongning sohiblari – xalq va uning irodasini ifoda etuvchi davlat va jamoat institutlaridir. Bu institutlar xalq irodasini Konstitutsiya, turli qonun loyihalari, dasturlar, qarorlar va boshqalarni ishlab chiqish, qabul qilish va ularni hayotga tadbiq etish yo’li bilan ifoda etib uning manfaatlariga xizmat qiladi. Milliy ongning eng muhim belgisi – millatning, turli – tuman ijtimoiy guruhlarning umumiy manfaatlarni ifoda etish va uni turli – tuman falokatlardan asrashdir.