MAXSUS SIYOSIY ONG
MAXSUS SIYOSIY ONG — bu qoida bo’yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil bo’lgan ongdir. Bu ongni siyosiy xujjatlar (dasturlar, doktrinalar) da ifoda etilgan va siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, konsepsiyalar tashkil qiladi. Dastlab Maxsus siyosiy ong kam sonli kishilarning, elitalarning mulki hisoblanadi. Uning sohiblari – siyosiy partiyalar va b. siyosiy tashkilotlar va birlashmalardir. Ular muayyan yo’nalish bo’yicha ommaviy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi.