NOTA ALMASHISH

NOTA ALMASHISH — xalqaro shartnomalarni tuzish shakllaridan biri. Odatda, diplomatik munosabatlarni o‗rnatish, diplomatik missiyalarni elchixonaga aylantirish, biron-bir shartnomaning ayrim qoidalarini aniqlashtirish, shartnoma amal qilishini to’xtatish, mulkni topshirish va shu kabi masalalar bo’yicha davlatlar o’rtasida bitimlar tuzishda notalar almashiniladi. Shartnomani tashkil qiluvchi notaning aynan bir xil matnini tomonlar dastlabki tarzda og’zaki yoki diplomatik yozishmalar yo’li bilan kelishib oladilar.