NOU-XAU

NOU-XAU (ing. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri — hali hammaga ma‘lum bo’lmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va ularni amaliyotda qo’llash tajribalari; ularga tanho ega bo’lish. Bu termin hujjatlar almashtirishni, xodimlarni o’qitishni, mutaxasislarning ishtirok etishini ko’zda tutuvchi xalqaro bitim va shartnomalarda qo’llaniladi.