PRELIMINAR

PRELIMINAR (lot. prae-oldi, limen– ostona, boshlanishi) — dastlabki. Preliminar Tinchlik shartnomasi – urushayotgan tomonlar o’rtasidagi dastlabki bitim bo’lib, unda bo’lajak tinchlik shartnomasining asosiy qoidalari: urush holatini to’xtatish shartlari, hududiy o’zgarishlari, davlat chegaralari, harbiy asirlarni almashtirish, zararlarni qoplash va shu kabilar yozib qo’yiladi.