PANELLI TADQIQOT

PANELLI TADQIQOT (ing. Ro’yxat) — qayta (ikkilamchi) sotsiologik tadqiqot ko’rinishi bo’lib, bir xil ijtimoiy ob‘ektni bir xil dastur va metodika bo‗yicha ma‘lum bir vaqt intervalida o’rganishni nazarda tutadi. Panelli tadqiqotning bosh maqsadi ijtimoiy jarayon yoki hodisaning rivojlanishi va dinamikasi tendensiyasini muayyan vaqt oralig’ida tadqiq etish. Uning longityud tadqiqotlaridan farqi shundaki, keyingisida ob‘yekt o’zgarishi vaqt funksiyasi sifatida qaraladi. Panelli tadqiqotlarda esa ob‘yekt o’zgarishi nazarda tutilgani holda, ular tashqi sharoitlar natijasi sifatida qaraladi.