PESSIMIZM
PESSIMIZM (lot. pessimum – eng yomon) — dunyoga, hayotga g’amginlik, umidsizlik bilan qarash, ruhiy tushkunlik, kelajak yaxshi bo’lishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. Pessimizm optimizmning qarama qarshisi bo’lib, olamda avvalambor uning salbiy tomonlarini ko’radi, olam umid qilib bo’lmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi – boshdan oxirigacha ma‘nisizlikdan iborat deb hisoblaydi.