PROTEKTORAT

PROTEKTORAT (lot. protector – himoyachi, homiylik qiluvchi) — kuchli davlatning kuchsiz davlat ustidan rasmiy homiylik qilishi. Amalda rivojlangan davlatlar tomonidan iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchsiz mamlakatlarga majburan qabul qilinar edi. Protektorat ko’pincha protektorat o’rnatilgan davlat hududini okkupatsiya qilish bilan birga amalga oshirilar edi. Protektorat qaram mamlakatni to’la bosib olish va o’ziga qo’shib olishda ayrim hollarda faqat o’tish formasi bo’lib ham hisoblanadi.(Masalan, Buyuk Britaniya 1914- yilda Misr ustidan protektorat o’rnatdi, aslida esa uni 1882-yilda bosib olgan edi).