PROMULGATSIYA
PROMULGATSIYA (lot. promulgatio – e‘lon qilish) — bir qator xorijiy davlatlarning konstitutsiyaviy huquqiga ko’ra, vakolatli organ tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan qonunning davlat boshlig’i tomonidan konstitutsiyada yoki qonunda belgilangan muddatda rasmiy bosma nashr orqali e‘lon qilinishi. Promulgatsiya deganda qonunni rasmiy e‘lon qilish haqidagi farmoyishni o’zida aks ettirgan maxsus aktning e‘lon qilinishini tushunish mumkin. Odatda, Promulgatsiya davlat boshlig’ining farmoni, farmoyishi, buyrug’i yoki shunga o’xshash huquqiy akti bilan amalga oshiriladi, bunda davlat boshlig’ining bunday huquqiy akti ommaviy nashrlarda Promulgatsiya qilinayotgan qonun akti bilan birga e‘lon qilinadi. Qonun Promulgatsiyadan keyingina majburiy kuchga ega bo’ladi.