QO’PORUVCHILIK

QO’PORUVCHILIK — portlatish, o’t qo’yish yoki boshqa usul bilan korxonalar, inshootlar, yo’llar, aloqa vositalarini yoxud boshqa davlat, jamoat mulkini buzish yoki shikastlantirish, yoppasiga zaharlash yoki epidemiyalar va epizootiyalar tarqatish va h.k. O’zbekiston jinoyat huquqida — O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlardan biri. Qo’poruvchilik sodir etilishi natijasida mamlakat xalq xo‗jaligining muhim ob‘yektlari yo’q qilinishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotga katta ziyon yetkazadi. Qo’poruvchilik natijasida odamlar halok bo’ladi, ularning sog’lig’iga zarar yetkaziladi, aholining ruhiy holatiga salbiy ta‘sir etiladi, sarosimaga tushish va boshqa salbiy hodisalar yuz berishi mumkin.