QIYOSIY TAHLIL

QIYOSIY TAHLIL — 1) tarixiy rivojlanishning turli davrlarida; 2) turli ijtimoiy tizimlar (institutlar, guruhlar, hududlar va h.k.)da; 3) turli mualliflar va tadqiqotchi jamoalarda; 4) turi o’lchovlarda va to’plash usullarida olingan axborot qiyoslanadi. Qiyosiy tahlilda o’xshashlik va farqni aniqlash va tavsiflash yoki analitik, ya‘ni tushuntirish, bashorat, tavsiyalar ishlab chiqish vazifalarini hal qilish mumkin.