RESURS

RESURS — hokimiyatning asosini resurslar tashkil etadi. Resurslar kishilarni rag’batlantirish, jazolash yoki ishontirishda qo’llanilishi mumkin. Hokimiyat resurslari xilma-xil. Ilmiy adabiyotlarda bir necha turlarga bo’linadi: utilitar, majburlovchi va me‘yoriy resurslar. Hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat faoliyatining muhim sohalari: siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-axborot, kuch ishlatuvchi sohalarga binoan turkumlashtirish ham keng tarqalgan.