Vazir

Vazir-arabcha so’z bo’lib, yordam ko’rsatuvchi, yordamchi degan ma’noni anglatadi. Birinchi bor vazir unvoni VIII asrda abbosiylar sulolasi davrida paydo bo’lgan. Shundan boshlab musulmon davlatlarining hukumatlari tarkibida oliy mansab egasi sifatida vazirlar faoliyat ko’rsatishgan. Ular podshohlar, xonlar va viloyat hokimlariga tayinlangan shahzodalarning yordamchilari hisoblangan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tarkibida Bosh vazir va har soha bo’yicha ish olib boruchi vazir lavozimi mavjud bo’lib, keng faoliyat ko’rsatmoqda.