Vassal

Vassal-ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi qul, xizmatkor, boshqa shaxsga tobe bo’lgan erkin xizmatchi, feodalizm davrida esa katta yer egasiga qaram bo’lgan feodalga nisbatan ishlatilgan atama. So’nggi feodalizm davrida, jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida bir davlat tomonidan ikkinchi davlatni siyosiy jihatdan o’ziga to’la qaram qilib olib, u yerda o’z siyosatini yurgizish vassallik deb atalgan. Masalan: Chor Rossiyasi tomonidan 1868 yil iyun oyida Zirabuloq tepaligida Buxoro qo’shinlari tor-mor etilgach, ikkala o’rtada shartnoma imzolanib, ushbu shartnomaga muvofiq Buxoro amirligi chor Rossiyasining vassaliga aylantirilgan.