Day

Day-miloddan avvalgi V-VI asrlarda Sirdaryoning quyi oqimi atrofida yashagan sak (shak) qabilalaridan. Ayrim manbalarda ularni dahlar, toharlar deb ham atashgan. So’g’dlik Spitamen Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo’shin to’plagan. Miloddan avvalgi IV asr oxiri – III asr boshida Sirdaryoning o’rta va qo’yi oqimida yashagan saklarning Qang’ davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarni Qang’ davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib chiqargan va shundan so’ng ular janubga, Baqtriya yerlariga suqilib kirishga majbur bo’lishgan. Miloddan avvalgi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatga asos soldilar. Shundan keyin bu o’lkaning nomi Tohariston deb atala boshlangan.