Zikr

Zikr-Islom dinida so’fiylik tasavvufining ayrim oqimlariga xos, “xudoni yodga olish” bilan bog’liq maxsus marosim. Bu zikr tutish deb ham ataladi. Zikrda avval bir to’da so’fiylar davra bo’lib o’tirishadi, bir kishi she’rlarni ma’lum ohangda o’qiydi, unga musiqa jo’r bo’ladi. Davrada o’tirganlar o’rinlaridan turib, raqsga tushadilar. Hammalari xudoni barobar tilga olib, davrani aylanavradi. Mana shunday harakat, ya’ni xudoni yodga olish zikr deyiladi.