Zimmiylar
Zimmiylar-Islom dini hukmron bo’lgan mamlakatda yashab turuvchi, ammo boshqa dinlarga mansub bo’lgan musulmonlar himoyasidagi aholi, yoxud shartnoma kishilari. O’rta asrlarda Arab xalifaligida musulmon bo’lmagan aholiga ma’muriyat bilan ikki o’rtada tuzilgan shartnoma asosida shaxs va mulk daxlsizligi hamda o’z dinlariga erkin sig’inish huquqini ta’minlash haqidagi kafolat. Islom davlati o’z himoyasida saqlab turganligi evaziga zimmiylar jon solig’i – juzya va yer solig’i – xiroj to’lashga majbur bo’lganlar.