AMINLAR

AMINLAR — ammiakdagi vodorod atomlarining organik radi kallarga almashinishidan hosil bo’lgan birik malar. Ammiakdagi nechta vodorod atomi radikalga almashinganiga qarab, birlamchi, ikkilamchi va, nihoyat, uchlamchi Aminlar deyiladi. Aminlar molekulasidagi aminoguruh soniga qarab mono- Aminlar, Di- Aminlar va uch- Aminlarga bo’linadi. Ular, ammiak singari, asos xossalarini namoyon qiladi, lekin aromatik Aminlar ammiakka nisbatan ancha kuchsiz, alifatik Aminlar esa kuchli bo’ladi. Aminlar, odatda nitrobirikmalarni qaytarish yoki uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ammiak ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Ular ichida eng ahamiyatlisi aromatik Aminlardir. Uni ilk bor 1842 yilda N. N. Zinin sintez qilgan. 1849 yilda esa Sh. Vyurs alifatik Aminlarni kashf qildi. Aminlarning ba’zilari tabiatda erkin holda alkaloidlar, aminokislotalar tarzida uchraydi. Ular bo’yoq sanoatida, plastmassalar olishda, tibbiyotda juda ko’p qo’llaniladigan sulfanilamid preparatlar olishda ishlatiladi.