Nayman
Nayman-o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, nog’oy va oltoy xalqlarining tarkibiga kirgan qabila uyushmasi. O’zbek naymanlari Zarafshon vohasi, Farg’ona vodiysi va Xorazmda yashaganlar. O’zbek naymanlari XIX asr oxirida 3 ta yirik urug’ga bo’lingan: qo’shtamg’ali, sadirbek va uvoh tamg’ali. Bulardan tashqari, naymanlarda quyidagi urug’ bo’linishlari ham mavjud bo’lgan: ag’ron, ayronchi, badir, biya, bog’onali, boltali, buqalay, burunsov, jag’albayli, jastovon, jilonli, jumaloq bosh, olti ota, olti o’g’il, oq tunli, po’lotchi, sagiz uruv, sari nayman, to’rtuul, to’rt tamg’ali, urguch, changali, cho’michli, g’ozoyoqli, qora nayman, qora gadoy, qora sirak, qarg’ali, qil tamg’ali, qo’l tamg’ali va boshqalar.