Parvonachi

Ma’nosi

Parvonachi-XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo’lgan mansab; vazir muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlarini yozib tegishli kishilarga yetkazib turgan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun mobaynida o’z sallasiga qistirib yurishi lozim bo’lgan.

O‘xshash so‘zlar

P harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar