Xattotlik
Xattotlik-yozuv, xat san’ati, kitob ko’chirish kasbi. Xattotlik O’rta Osiyoda qadimdan rivoj topgan. Yozuv paydo bo’lgandan so’ng maxsus kishilar xattotlik bilan shug’ullana boshlaganlar. Ayniqsa arab yozuvi tarqalgandan keyin xattotlik keng rivoj topgan. O’rta Osiyoda matbaachilik vujudga kelganga qadar kitoblar tayyorlash, ularning nusxasini ko’paytirish ishi bilan xattotlar shug’ullanganlar.