Hijrat

Hijrat-Muhammad Payg’ambar va uning tarafdorlarining Makkadan Madinaga ko’chishi. O’z diniy targ’ibotini Makkada boshlagan Muhammad Payg’ambar ummaviylarning unga nisbatan dushmanligining kuchayishi va vaziyatning og’irlashishi sababli 622 yil 16 iyulda Madinaga ko’chishga majbur bo’ldi. 638 yili xalifa Umar buyrug’i bilan musulmonlar o’rtasida Hijrat yili, ya’ni 622 yil muharram oyidan musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilindi.