YIG’I HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

Olimlarning fikricha, yig’i organizmning stress yoki kuchli jismoniy zo’riqishiga qarshi himoya reaksiyasidir.

– Odam asabiy yoki jismoniy zo’riqqanda butun organlar va tizimlar, jumladan, ko’z yosh bezlari funksiyasi kuchayadi. Namlik yig’ilib toshadi va miyaga hissiy zo’riqishni kamaytirish kerakligi haqida xabar beradi.

-U. Frey hissiy zo’riqish paytida ko’zdan oqqan yoshdan leykin-ensefalin va prolaktin moddalarini ajratib olgan. Aynan ular stress holatini yo’qotishga yordam beradi.

– Yig’laganda ko’z yosh ajratish qobiliyatidan mahrum bolalar kasal bo’lganlarida hissiy stresslarga qarshi juda kam qarshilikka ega bo’ladilar.

– Shuningdek, yig’lash xususiyatidan mahrum odamlar (tibbiy tilda quruq ko’zlar kasalligi deyiladi) ko’z va teri kasalliklaridan ozor chekadilar va yengil stressni ham og’irroq o’tkazadilar. Bundan tashqari, ular ko’p so’lak ajratib ko’p terlaydilar.