Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qadimiy so’g’d qabilalari harbiy-siyosiy qarorgoh uchun joy tanlab, keyinchalik Afrosiyob nomi bilan mashhur bo’lgan yerga joylashdilar. Bu joyning geografik sharoiti (shimol va sharqdan suv bilan to’silishi, g’arbiy qirg’oqning tikligi va hokazo) mudofaa maqsadlari uchun jud ham qulay edi.
Bu joy uzoq o’tmishda janubdan shimolga tomon cho’zilib ketgan qiyaliklar davomidan iborat bo’lgan. Ko’p asrlar davomida kishilar faoliyati tufayli yuzaga kelgan madaniy qatlamlarning to’planishi va ilk o’rta asrda janubiy mudofaa qatlamlarning to’planishi va ilk o’rt asrda janubiy mudofaa devorining qurilishi hamda xandaq qazilishi natijasida bu yerda tepalik vujudga kelgan.
O’rta Osiyo vohalaridagi dehqonchilik-chorvachilik jamoalari milodgacha bo’lgan birinchi ming yillik o’rtalarida Sirdaryoning o’ng sohilidagi rayonlarda joylashgan ko’chmanchi chorvador saklar bilan etnik, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkam aloqada bo’lganlar. Ular bu davrda qattiqqo’l podsholar hukmronligi ostida Midiyaga qarshi urush qilgan Xorazm shohi va saklar hukmroni Amorg va malika To’maris bilan mustahkam ittifoq tuzadilar. Hukmronlik qilgan har bir qabila yoki qabilalar ittifoqi, podsholik qarorgoh va odamlar, chorva mollarni hujumlardan himoya qilish uchun mudofaa punkti barpo etgan. Chunki bu davrda urug’-qabila harbiy aristokratiyasiya qo’shni qabilalarni yuritishning butun og’irliklarini esa asirlar zimmasiga yuklaganlar.
Biroq ekinzor va yaylovlarni dushmandan yashirish imkoni bo’lmagan. Natijada mustahkam va keng istehkomlar – “varlar” barpo etish zaruriyati tug’ildi. O’rta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining dastlabki yozma yodgorligi – Ovistoda Ahuramazda qadimiy forslarning afsonaviy podshohi Jamshidga odamlar va chorva mollarini saqlash uchun var qurishni maslahat berganligi haqida ma’lumot bor: “Jamshid to’rt tomoni ot chopimidagi var qurib: u yerga urug’, buqalar, odamlar, itlar, qushlar va lovullab yonib turgan qizil olovni ko’chirib keltirdi. U butun to’rt tomoni ot chopimi uzunlikdagi varda odamlar uchun boshpana qurdi va bu varni chorva mollari uchun qo’ton qildi. Bu yerga u uzunligi bir xatr (bir yarim km ga yaqin) keladigan ariq orqali suv keltirdi, bu yerda u hamma tomondan yopiq bo’lgan kulba, uy, gumbaz hovli-joy qurdi”.
O’troq dehqonlar yashagan joylar atrofida Ovistoda bayon etilgan davrga qadar ham qal’alar yuzaga kelgan (Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida, ya’ni Farg’ona vodiysi territoriyasi bronza asrining tugashi bosqichida o’troq dehqonlarning mustahkamlangan qishloqlari). Chust madaniyati deb atalgan bu ajoyib yodgorliklar Chust va Oyim rayonlarida o’tkazilgan qazishma ishlari natijasida ochildi. Aholi zich yashagan va zich qurilgan urug’chilik qishloqlari xom g’isht va paxsadan qilingan mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi. Ular jamoalarning cheklangan tabiiy suvli uchastkalardna foydalanishdan, keng tekis maydonlarda sun’iy sug’orish qo’llangan va dehqonchilik-chorvahilik xo’jaligi jadal olib borilgan davrda vujudga kelgan varlardan oldin bunyod etilgandir. Bu ko’chmanchi chorvachilikning o’troq dehqonchilikdan ajralish bosqichi bo’lib, unda qabila ittifoqlari boshliqlari yoki podsholari rahbarligida yer sug’orish ishlariga ancha uyushqoqlik bilan kirisha boshlagan edi. O’sha davrda o’troq dehqonlar yangidan o’zlashtirilayotgan ulkan territoriyalarga ko’chib kelib, joylashib, varlar tipidagi keng qo’tonlar qura boshlaydilar. (Farg’ona vodiysida ko’hna Elaton, Xorazmda Ko’zaliqir, Orol dengizidan sharq tomonda qadimgi sug’oriladigan yerlardagi Chirikrabot). Afrosiyobning eng qadimgi qatlami davr jihatidan ana shunga mos keladi.
Afrosiyobda shahar xarobasi devorlarining janubiy etagida Shohizinda darvozasi yonida miloddan avvalgi VI asrda qurilgan chaylalarning qoldig’i topdi. Ular materik tuproqda joylashgan. Demak, ular Afrosiyobda yashagan eng ilk odamlar boshpanalarning izlaridir (“Afrosiyob I” qatlami).
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan tortib, milodiy XII-XIII asrlarga qadar Afrosiyobda odamlar yashagan davrlar bosqichlari tekshirib ko’rildi. Keyinchalik Afrosiyobning bir necha punktida (Janubiy-sharqiy qismidagi besh punktda, g’arbiy qismidagi besh punktda, shuningdek, shimoli-g’arb va shimoldagi punktlarda) eng qadimiy qatlam izlari aniqlandi Afrosiyob markazida bundy izlar topilmadi, aftidan, shaharning u qismi bir necha yuz yillar mobaynida madaniy qatlamlar – kishilar mehnati tufayli yuzaga kelgan qatlamlar ko’p marta o’rnini o’zgartirgan.
Afrosiyobda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalarida aholi yashaganligi izlari ko’p, lekin birinchi bor o’tkazilgan qazihmani hisobga olmaganda, u yerda chayla va boshqa inshootlarning qoldiqlari topilmadi. Bu qonuniy bir holdir, chunki o’sha vaqtda Afrosiyobda Ovistoda tilga olingan boshpanalar bo’lgan. Asosiy aholi Afrosiyob atrofida yashab chorva mollari va mol-mulklarini dushman hujumlaridan qal’aga yashirishgan. Qamal uncha uzoq davom etmagan, aholi esa istehkomni tashlab chiqa turib, bu territoriyada o’choqlar, idish siniqlari va shu kabi buyumlarni qoldirib ketgan. “Afrosiyob I” qatlamidagi dastlabki topildirqqa qarab fikr yuritilsa, aholi hozirgi Afrosiyobdan janubroqda yashagan. Eng qadimiy shaharning janubiy devori qayerdan o’tganligini aniqlash qiyin, chunki Samarqandning ana shu qismi ko’p asrlar davomida o’zgargan va hozir bu yerda turar joy kvartallari qad ko’targan.
Afrosiyobda shahar hayotining rivojlanishi So’g’d, Movarounnahr va butun O’rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan, chunki Samarqand o’sha davr mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning muhim markazi edi. O’rta Yer dengizi bo’yi va Yaqin Sharq mamlakatlari, Hindiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi shaharlarga, u yerdan esa Sibir va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga diplomatic, savdo va madaniy aloqalarning eng muhim yo’llari Samarqanddan o’tgan. Samarqand jahon savdo va madaniy markazlaridan biri sifatida o’z mavqeini to’la darajada, lekin uzilishlar bilan o’rta asrlarda ham saqlab qoldi.
Makedoniyalik Iskandar Marokanda uchun Spitamen otryadlariga qarshi qurolli kurash olib borishga majbur bo’ldi. Kuchi teng bo’lmagan Spitamen Marokandaga berkinib, u yerdan Iskandarga qarshi partisan urushi olib borishni afzal ko’rdi. Bunda u Sirdaryoning narigi tomonidagi dashtlarda yashayotgan sak qabilalarining istilochiga qarshi umumiy kurashiga umid bog’lagan edi. Iskandar raqibining rejalarini bilib olgan bo’lsa kerak, chunki u dastlab Marokandani emas, balki uning istehkomlarini vayron qildi. Makedoniyaliklarning bu yerga kelishi arafasida ham hukmronlik qilishi paytida Marokandaning kattaligi hamda topografiyasi qanday bo’lganligini aniqlash uchun qo’lida hozircha material yo’q.
Milodgacha bo’lgan IV-I asrlarga oid arxeologik material Afrosiyobning shimol qismida topilgan. Ular Marokandadagi grek-makedon garnizon xuddi shu yerda joylashgan deb taxmin qilish imkonini beradi.
Miloddan avvalgi III asr o’rtalariga yaqin O’rta Osiyoda katta siyosiy o’zgarishlar ro’y berdi. Miloddan oldingi IV asrning oxiri va III asrning boshlarida sak qabilalari ittifoqidan hozirgi Qozog’iston territoriyasida Qang’xa (Xitoy manbalarida esa Kangyuy) podsholigi tashkil topgan. Bu podsholik day (dah) ittifoqi, sak qabilalarini siqib chiqardi. Natijada ular janubga, Iskandar vorislari – Salavkiylar ixtiyoridagi Sharqiy Turkmaniston va Shimoliy Afg’oniston (hozirgi Baqtriya) territoriyasiga ko’chib ketadi. Eng so’nggi manbalarga ko’ra, ana shu day-dahlar yoki tohariylar milodgacha bo’lgan 250 yilda mahalliy grek-makedon oppozitsiyasi bilan aloqa bog’lab, Salavkiylar hokimiyatini ag’darib tashlaydilar. Natijada Grek-Baqtriya davlati tashkil topadi. Qabilalar o’rtasida podshohlik toji uchun kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizo-janjallardan qutulish maqsadida ular grek oppozitsiyasining hokimiyat tepasida o’rnashib olishiga rozilik bergan bo’lsa kerak. Bu oppozitsiya Baqtriyaning mustaqilligi uchun G’arbiy Osyo salavkiylariga qarshi doimo kurashib keldi.
So’g’d bilan Samarqandning ikki podsholik – janubda Grek-Baqtriya va shimolda Qang’xa podsholigi o’rtasida joylashganligi Samarqandning ham, umuman So’g’dning ham rivojlanishiga qulaylik tug’dirmadi
Kushanlar hukmronligi davrida vaziyat keskin o’zgardi. Milodning boshlanish arafasida Grek-Baqtriya davlati vayronalari o’rnida tashkil topgan bu yangi podsholik milodning dastlabki asrlarida muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib, katta territoriyag ega bo’lgan qudratli davlatga aylandi. Shimoliy Hindistondan Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Qang’xa podsholigiga qadar va Qoraqumdan tortib, ichki Xitoy chegaralariga qadar bo’lgan yerlar Kushanlar qo’lida edi. Kushan podsholining harbiy zodagonlari va kohinlari boshqa o’lkalarni talash yo’li bilan boylik orttirishdan voz kechib, tirikchilikning doimiy va ishonchli manbai – o’sha vaqtda jamoalarning ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan yerlarni qidira boshlaydilar. Bu davrda o’sha davr uchun juda ulkan hisoblangan sug’orish ishlari amalga oshirilib, yirik-yirik kanallar qazilgan.
Kushan davlatining qo’shni mamlakatlar bilan savdo, madaniy va boshqa aloqalari kengayadi. O’rta Osiyo shaharlarida hayot ancha jonlanadi, yangi shaharlar vujudga keladi.
Arxeologlarlarning kuzatishlariga ko’ra, Samarqand ham Afrosiyob doirasida sezilarli darajada jonlanadi, kengayadi. Afrosiyobning shimoli va janubi o’tkazilgan qazishmalar Kushan davridagi shahar hayoti to’g’rida anchagina ma’lumot berdi.
Afrosiyob shahar xarobalaridan topilgan arxeologik ma’lumotlarning klassifikatsiyasini birinchi bo’lib A.I.Terenojkin ishlab chiqdi. Keyinchalik olib borilgan ishlar u aniqlagan qatlamlarning mantiqiy ekanligini tasdiqladi, shu bilan birga, klassifikatsiyani to’ldirish, ayrim davrlarning xarakteristikasi va sanasini o’zlashtirish zaruriyatini tug’dirdi:
I-Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtasi.
II-Miloddan avvalgi III-II asrlar.
III-Miloddan avvalgi I asr va milodiy I asr.
IV-Milodiy II-III asrlar.
V-Milodiy IV asr va V asrning birinchi yarmi.
VI-Milodiy V-IV asrlar.
VII-Milodiy VII asr va VIII o’rtasi.
VIII-Milodiy VIII asrning oxiri va IX asrning boshi.
IX-IX-X asrlarning o’rtasi.
X-XI asr.
XI-XII asr va XIII asrning boshi.
Makedoniyalik Iskandar yurishlari vaqtida qadimiy Samarqand g’oyat mustahkam mudofaa shahar bo’lganligi to’g’risida ilm-fanda ma’lum bo’lgan fikr 1958-1965 yillarda olib borilgan arxeologik ishlar tufayli tag’in ham tasdiqlandi. O’sha davrning buzilmagan qatlamlarida joylashgan punktlarning soni ancha ko’paydi, shular bilan bir vaqtda, shahar istehkomlarining qoldiqlari ham aniqlandi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida to milod boshiga bo’lgan qatlamlar shahar xarobasi janubida va shimoliy-g’arbida topilgan, lekin yangi qazishma ishlaridan olinayotgan ma’lumotlar tufayli bu rayonlarning chegarasi yil sayin kengayib bormoqda. Shahar xarobalarining g’arbiy va shimoliy tomonida Afrosiyob tepaliklarining hozirgi tashqi etagigan 10 metr va bundan ham ko’proq balandlikda soztuproqda qazilgan gorizontal maydonchalar – vertical kesilgan lessli terrasal borligi aniqlandi. Hozir ular shahar xarobasi tashqi tarafiga qarab ochilgan, lekin qadimda ular shahar perimetri bo’yicha cho’zilib ketgan va inshootga uzun yo’lak ko’rinishini beradigan devor bilan himoya qilingan hamda Samarqandning mashur mudofaa inshootlaridan eng qadimgi bo’lgan bo’lishi mumkin. Istehkomning qancha vaqt mavjud bo’lgan turganligi terrasa uchastkalaridan birida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan boshlab milodgacha bo’lgan davrga oid kerakmikaning topilishi bilan aniqlandi. O’sha davrga oid topildiqlarning tarqalishi va “terrasalar”ning joylashishga ko’ra, ichki istehkom shahar maydonining kamida chorak qismini egallagan.
Shahar xarobalarining jarlik bo’lgan janubiy chekkasida kulolchilik ustaxonasi joylashgan. Uning saqlanib qolgan qismida ikki kulol charxidan mayda toshli sharnirlar topildi. Ustaxonadan shimolroqda ayni bir vaqtdagi qatlamlardan shlakka aylangan soztuproq namunalari qazib olindi. Shahar shimolida – milodgacha bo’lgan dastlabki ming yillikning o’rtalaridagi qatlamlardan birida juda past joyda ham kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Bu pastlik qiyalikdan tushgan va orasida sopol siniqlari ko’p bo’lgan jinslar bilan to’lib qolgan.
Joyning nihoyata past-baland bo’lishi shaharni suv bilan ta’minlashni qiyinlashtirgan. Bu yerga suvni tepalikning faqat janub tomonidan keltirish mumkin bo’lgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan milodgacha shaharni faqat kanallar orqali suv bilan ta’minlab turgan. Bu kanallardan shahar Chingizxon tomonidan vayron etilgunga qadar ham suv oqib turgan. Shahar tashkil topgan dastlabki davrlardayoq kanallarning mavjud bo’lganligini uning g’arbi-shimolidagi katta tabiiy chuqurlikda joylashgan hovuzlar ham tasdiqlaydi.
Afrosiyobning uncha katta bo’lmagan platosi uni o’rab turgan irmoqlar o’zaniga tik tushgan. Shahar xarobalari relyefning bu xususiyati uning territoriyasidagi joylarni mudofaaning yagona sistemasiga qo’shish imkonini bergan. Shaharning shimolida ichki istehkom (“terrasalar”) qoldiqlaridan g’arbroqda materik sog’tuproqda barpo etilgan va tuzilishi bo’yicha yuqorida qayd etilgan “terrasalar”dan farq qiladigan paxsa devor borligi aniqlandi. Shu boisdan bu devorni shaharning boshqa mudofaa inshooti jumlasiga kiritish kerak bo’ladi. Devorning ichki tomonidan topilgan sopolli chan ana shu inshoot bunyod etilgan sanani aniqlash uchun asos bo’ladi. Bu chan miloddan avvalgi IV asrga oid bo’lganligidan devorni ham o’sha vaqtda qurilgan deb aytish mumkin.
Arrian va Kvint Kurtsiy Ruflarning ma’lumotlariga ko’ra, Marokandada qal’a bo’lgan. Arrianning Spitamen qal’adagi makedon garnizonini qamal qilganligi va Kurtsiyning Spitamen shahar devorlari ichida bekinib olganligi haqidagi ma’lumotlari, agar shahar ichidagi dastlabki va ancha keyin qurilgan qal’ani nazarga olsak, bir-biriga qarama-qarshi bo’lib chiqmaydi. Kvint Kurtsiy Spitamen shaharga kirib, uning “devorlari orasiga bekinib oldi” va u yerga haydab kiritilgan garnizonli qal’ani qamal qildi, deb yozadi.
Shudan keyin ikki davrning (Afrosiyob II va III) madaniy qatlamlari shahar o’rnining butun territoriyasida uchraydi. Yuqori tilga olingan qatlamlar yotgan punktlar o’rtasida maydoni jihatidan katta bo’shliqlar bo’lib, ulardagi ilk qatlamlar keyinchalik olib borilgan yer qazish ishlari natijasida yo’q qilib yuborgan. Lekin bu qatlamlarning izlari keyingi vaqtlarda barpo etilgan inshootlarning qurilish materiallarida sopollarning uchrab turishi bilan aniqlanadi. II-III davr qatlamlari stratigrafiyasi shahar o’rnining shimoli-g’arbida aniq ko’rinib turadi, bu yerda qatlamning umumiy qalinligi 3-4 metrga yetadi. Bu rayon II davrning boshlarida juda sust rivojlangan va ko’p o’tmay bu joy qabristonga aylangan. Keyingi bosqichlarda rayonda tez sur’atlar bilan qurilish ishlari olib borilib, bunda sog’onalar buziladi va skeletlarning suyaklari turli vaqtlarda (II davr mobaynida) qurilgan inshootlar ostiga tushib qoladi.
Afrosiyobning shimoliy chekkasida qariyb 40 metr uzunlikda II davrga oid bo’lgan shahar devori aniqlangan. Unda kvadrat shaklidagi xom g’ishtdan ichki yo’lak bor. Devoriga qo’shilgan I davr sopollari, uning poydevoridagi II davrga doir kuldonlar hamda devor ostidagi Afrosiyob I qatlami bu devorni miloddan avvalgi III asr barpo etilgan deb taxmin qilish imkonini beradi. Devor ayni bir vaqtning o’zida katta masofada qurila boshlagan va jar bo’ylab irmoqning tabiiy burilishlari tomon cho’zilib ketgan. Shahar xarobaining hozirgi relyefida ko’rinib turgan devorning birinchi xalqasi janubiy bo’lagi ham va ikkinchi halqasining qo’shaloq devori ham shaharning dastlab davrlarida bo’lmagan. O’sha davrda shahar tuzilishi oddiy bo’lib, qal’a va tashqi devordan boshqa joylarni o’z ichiga olmagan.
III davrning boshlarida Afrosiyobning shimoli-g’arbida yangi qurilishlar barpo etiladi. Qazilgan shurflardan birida turar-joy hovlisini o’rab olgan kengligi 1,5 metr keladigan devor qoldiqlari va uzoq vaqt foydalanilgan loy o’choq aniqlandi. Hovlili bu inshoot uzoq vaqt turgan, uning devori shu davr ichida yemirila boshlagan va u remont qilingan. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, hovli axlat tashlanadigan joyga aylangan.
III davr oxiriga kelib shahar hayotida yana qandaydir o’zgarishlar sodir bo’ladi. Shahar devori eskirib nurab boshlaydi. Magistral kanallarning o’zanlari III davrga oid sopol parchalari bilan to’lib qoladi. Bu esa kanallar territoriyasi atrofida odamlar kelib joylashganligidan va shaharni suv bilan ta’minlash sistemasiga yetarli e’tibor qilinmaganligidan dalolat beradi. Bu faktlar vaqt jihatidan ko’chmanchi qabilalarning hujumi davriga to’g’ri kelib, ularning bu yurishi natijasida Kushan davlati tashkil etilgan hamda Qang’xa podsholigi hokimiyati va ta’siri zaid bolib qolgan edi.
III davrda ham oldingi davrlardagi singari miloddan avvalgi III-I asrlarda qurilgan mustahkam istehkomning kattaligini aniqlab beradigan ma’lumotlar yo’q, lekin to’plangan materiallar bu vaqtda Afrosiyobning butun territoriyasi o’zlashtirilganligi to’g’risida dadil gapirish imkonini beradi.
Ba’zi tadqiqotchilarning milodning dastlabki asrlarida Afrosiyobga oid ma’lumotlar yo’q hamda So’g’dda birinchilik Kushaniylar qo’liga o’tganidan keyin Samarqandda hayot butunlay tushkunlikka uchragan degan xulosalar hozirgi vaqtda tasdiqlanmayotir. Arxeologiya ma’lumotiga ko’ra, III davr oxiridayoq boshlangan tushkunlik juda qisqa vaqt davom etgan.
IV davrning boshlarida shaharning shimoli-g’arbida hashamatli binolar qurilgan. Bu yerda ochilgan shurf maydonchasi kichik bo’lganligi sababli mazkur inshootning xarakteri hozircha aniqlangan emas. Xom g’isht va bloklardan bunyod etilgan 3,2 metrli qalinlikdagi devor binoning qanchalik ulkan bo’lganligidan dalolat beradi. Kuchli yong’indan so’ng, bino remont qilinib kengaytirilgan. Lekin ko’p o’tmay, kishilar bu joyni tashlab ketganlar va yog’in-sochin ta’siri ostida uning devorlari nuray boshlagan. Shunday bo’lsa-da, odamlar devor yoriqlarini paxsa bilan urib, yarim vayron holdagi binodan foydalanganlar. Taxminan o’sha bino bilan bir vaqtda shaharning shimolida oddiy kishilarning turar joylari qurilgan. Ularda xo’jalik uchun kerak bo’lgan xonalar ham bo’lgan. Bu yerda eramizning II-III asrlariga oid bo’lgan yarim doira shaklidagi sopol plitalardan qilingan mehrob va terrakotadan yasalgan haykalchalar topilgan.
Afrosiyobdagi V davrni belgilaydigan sopollar kompleksi hozircha yetarli darajada emas. Lekin bu davrdagi qatlamlarning Afrosiyob IV davri qatlami bilan bog’liq ekanligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar bor.
Xo’ja Doniyor maqbarasi rayonidagi birgina kulolchilik ustaxonasi hozircha V davrni xarakterlab beruvchi ob’yekt hisoblanadi. Ustaxona zaminidan olingan sopollarning ko’rinishi vaza tipidagi idishlar hamda yumaloq va bo’yni uncha uzun bo’lmagan ko’zalar bilan aniqlanadi.
Kulolchilik ustaxonasida ishini to’satdan to’xtab qolishi va odamlarning qochib ketganligini ko’rsatuvchi aniq belgilar bor. U yerdan olingan sopol buyumlar xususiyatini mazkur ustaxonada qo’qqisdan ishning to’xtalishi fakti bilan taqqoslab ko’radigan bo’lsak, uni shahar hayotia keskin o’zgarish yuz berganligi bilan izohlash mumkin.
Samarqand hayotining milodiy III asri oxiridan to V asr o’rtalarigacha bo’lgan davriga oid aniq ma’lumotlar mavjud emas. Dehqon zodagonlari bilan erksevar jamoalar o’rtasidagi sotsial-siyosiy kurash keskinlashishi tufayli Kushan podsholigi zaiflashgan, shaharlar tushkunlikka uchragan, hayot shaharlardan tashqarida dehqon qal’alari atrofida rivojlana boshlagan.
Shahar istehkomlarining tekshirish olib borilgan uchastkalarida IV asrga oid devor mavjudligi aniqlanmadi. Shahar xarobalarining V-VI asrlarga oid qatlamlari hali yaxshi o’rganilmagan.
V asrning oxiri va VI asrning boshlarida So’g’dda feodalizm rivojlana boshlaydi. Eski shaharlarga tayangan mustaqil dehqonchilik okruglari tashkil topadi. Samarqand asta-sekin iqtisodiy jihatdan mustahkamlanadi va uning tevaragida mustahkam qo’sh halqali istehkomlar qad ko’taradi. VII-VIII asrlarda shahar devorlarining qo’shaloq halqasidan tashqarida, uning g’arbi-shimoliy qismida aholi ko’plab joylashgan. Bu hol IX-X asrlarda qad ko’targan devorlarning ichidan topilgan va o’sha davrga oid bo’lgan to’rtburchakli teshik so’g’d chaqalari va idishlarning mayda bo’laklari bilan bilvosita tasdiqlanadi. Chaqalarning hammasi ham tuproq bilan birga qurilish materiallariga aralashib ketmaganligini nazarga olsak, u holda IX asrda qurilish ishlari natijasida buzilgan VII va VIII asr boshlariga oid qatlamlar ancha qalin bo’lgan bo’lsa kerak. Shahar xarobasining janubi-g’arbida ochilgan qatlamdan V asrga oid so’g’d chaqalari va ilmoqsimon dastali ko’za bo’laklari topildi.
Devorga ishlatilgan materiallar, devorning urilishi hamda sopollar shaharning janubiy devorini milodiy VII asrdan ancha keyin qurilgan deb aytishga asos bermaydi. Shahar xarobasining o’sha rayonidagi Hazrati Xiz machiti yaqinida juda ko’p topildiqlari bo’lgan dafina aniqlanib, unda to’rtburchak teshikli so’g’d chaqalari gam topilgan.