Litsey

Litsey-1) G’arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrikaning bir qancha mamlakatlaridagi umumiy o’rta ta’lim o’quv yurtlari; 2) Rossiya Federatsiyasidagi ayrim umumiy o’rta ta’lim va hunar o’quv yurtlarinign nomi; 3) O’zbekistonda o’rta maxsus o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, akademik litsey sifatida tashkil etilgan; 4) muayyan fan sohasi bo’yicha chuqur bilim berishga ixtisoslashgan o’rta maxsus ta’lim muassasasi.