Avrora

Avrora-Qadimgi Rim afsonalarida tong yog’dusi ma’budasi. Yunon afsonalarida Eos nomi bilan yuritiladi. Rivoyatlarga ko’ra Avrora otlar qo’shilgan g’ildirakli aravaga tushgan holda okeandan chiqib kelayotgan yosh, ikki qanotli ayol siymosida tasvirlangan.