Apella

Apella (yunoncha Apella)-Spartada xalq yig’ini; 30 yoshga to’lgan to’la huquqli erkak fuqarolar qatnasha olgan. Hokimiyatning oliy organi, lekin gerusiya va shoh tomonidan zararli deb topilgan qarorari bekor qilingan. Har oyda ochiq joyda o’tkazilgan. Apella shohlar va gerontlar yoxud eforlar tomonidan chaqirilishi mumkin edi. Apella a’zolari shohlarni, gerusiya a’zolarini, eforlarni, qo’shin sarkardalarini va barcha kichik mansabdor shaxslarni saylagan. Hayqiriqlar bilan ovoz berganlar. Aristotel mazkur ovoz berish yo’lini tanqid qilib, uni “bolalarcha” deb atagan.