A’lo

A’lo (arabcha-eng oliy, yuqori)-1) XIX asr-XX asr boshlarida Xiva xonligida 10 tanoban ortiq yeri bo’lgan dehqonlar. Xonlikda A’lo toifali dehqonlar 3436 xo’jalikni tashkil qilgan. Bunday xo’jaliklarning ko’pchiligi navkarlarniki bo’lib, ular soliqdan tamoman ozod etilgan; 2) madrasa talabalarining yuqori guruhi.