Bolish
Bolish (turkcha)-1) mo’g’ullar va qisman turklar orasida (XIII-XIV asrlar) muomalada bo’lgan tilla va kumush pul. Ba’zi manbalarda 75 dinorga, ba’zilarida 300 dinorga teng ko’rsatiladi. Vazni 150-600 misqol bo’lgan; 2) Mo’g’ullar davlatida pul birligi o’rnida yurgan oltin yoki kumush yombi. Chig’atoyxon davrida (XII asr) 1 Bolish 300 dinorga, ba’zi hollarda 500 misqolga teng bo’lgan.