Burg

Ma’nosi

Burg (kechki lotincha burgus, nemischa Burs-qal’a)-G’arbiy Yevropadagi o’rta asrlar qal’asi. Burg qal’alar G’arbiy Yevropada VIII asrdan XVI asrga qadar qurilgan. Himoya devorlari va suv to’ldirilgan xandaqlar bilan o’ralgan. Dushman hujum qilgan paytda, aholi unga kirib jon saqlagan. Ayrim Burglar atrofida shaharchalar vujudga kelgan. Bu hol ayrim shaharlar nomida “Burg” so’zi ishlatilishiga sabab bo’lgan. Masalan, Gamburg, Magdeburs, Ausburs va hokazolar; 2) Shotlandiyada shahar ma’muriy-hududiy birligi.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar