Van

Ma’nosi

Van (xitoycha)-qadimda va o’rta asrlarda Xitoy va Koreyada davlat hukmdorlari unvoni. Xitoyda zodagonlikning besh darajasi (gun, xou, bo, tszi, nan)ga kirmgan va ularning ustida turgan. Unvon chjou sulolasi davridan ma’lum. Tsin Shixuandi davrida imperiya tarkibiga kirgan mustaqil hokimliklar rahbarlariga berilgan. Xan sulolasi davrida taxt vorislari (taxtga chiqquniga qadar), shuningdek, imperator oilasining erkak jinsidan bo’lgan yaqin qarindoshlariga berilgan.

O‘xshash so‘zlar

V harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar