Velitlar

Velitlar (lotincha velites, velos-tezkor so’zidan)-Qadimgi Rim legionida yengil qurollangan piyoda qo’shin. Qurollanishi-kamon, sopqon, nayza. Himoya vositalari bo’lmagan. Miloddan avvalgi III-II asrlarda, Puri urushlari davrida paydo bo’lgan. Gay Mariy islohotlarigacha (miloddan avvalgi 107 yil) har bir legionda 1200 nafar Velitlar bo’lgan. Yaqindan jang olib borishga moslashmagani bois ular alohida bo’linmalarga birlashtirilmagan, balki gastatlar, printseslar va triariylar manipulalariga 40 nafardan taqsimlangan. Ular o’z manipulasi senturioniga bo’ysungan. Velitlarning bosh vazifasi jangda nayzalarni uloqtirish va tezda yaxshi himoyalangan piyoda qo’shin ortiga o’tish edi.