Vermaxt

Vermaxt (nemisch Wehrmacht, Wehr-qurol, himoya va Macht-kuch so’zlaridan)-fashistlar Germaniyasining 1935-1945 yillarda qurolli kuchlari nomi. Qurolli kuchlar tuzish haqidagi qonun Gitler hokimiyat tepasiga kelgan vaqtdan 2 yil keyin – 1935 yil 16 martda qabul qilingan. Qurolli kuchlar quruqlikdagi qo’shinlar, harbiy-dengiz floti va harbiy-havo kuchlaridan tashkil topgan. Qonunga ko’ra, diviziyalar soni 36 ga, quruqlikdagi qo’shinning tarkibi 500 ming askarga yetishi belgilab qo’yilgan. Yangi armiyaning tuzilishida general-polkovnik Xans fon Sekt katta rol o’ynagan.