General-kvartirmeyster

General-kvartirmeyster-ba’zi bir armiyalarda (Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya va boshqalar) shtab lavozimi. Odatda, shtabda harbiy operatsiyalarni ishlab chiqish va rejalashtirishga boshchilik qilgan. G’arbiy Yevropada XV-XVII asrlarda paydo bo’lgan. Rossiyada bosh qo’mondon yordamchisi sifatida General-kvartirmeyster lavozimi Pyotr I tomonidan 1701 yili kiritilgan. Dastlab faqat urushlar paytida tayinlangan, lekin XVIII asr oxiridan muntazam faoliyat yuritadigan bo’lgan. 1-jahon urushidan so’ng General-kvartirmeyster lavozimi ko’plab davlatlar qurolli kuchlarida tugatilgan, uning vazifalari bosh shtab va harbiy okruglar shtablari bo’limlariga topshirilgan.