Geraldika
Geraldika (kechki lotincha heraldica, heraldus-jarchi so’zidan)-gerbshunoslik. XIX asrning 2-yarmidan gerblarni o’rganuvchi yordamchi tarix fani. Dastlab XIII asr-XIX asrning 1-yarmigacha dvoryan, tsex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan geoldlar shug’ullanganlar (Geraldika atamasi shundan olingan). XIV asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish odat tusiga kirgan. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbil va ramzli yozma manbalarni o’rganadi, milliy an’analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarni o’rganishda yordam beradi va hokazolar. Geraldika genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. Geraldika ma’lumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qo’llaniladi.