Gladiatorlar

Gladiatorlar (lotincha gladiator, gladius-shamshir so’zidan)-Qadimgi Rimda maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, o’zaro yoki yovvoyi hayvonlar bilan kurashishga majbur qilingan: baquvvat, jasur qullar, harbiy asirlar. Maxsus maktabda o’qiganlar (Rimda, Kapuyada). Etrusklardan o’zlashtirilgan degan qarash mavjud. Rimda birinchi Gladiatorlar jangi zodagonlarning ko’ngil ochish tomoshasiga aylangan. Gladiatorlar bir necha bor quldorlarga qarshi bosh ko’targanlar. Gladiator Spartak rahbarligidagi qo’zg’olon (miloddan avvalgi 74-71 yillar) shularning biri. Gladiatorlar jangi V asrdan e’tiboran barham topgan.