Grenadyorlar
Grenadyorlar (fransuzcha granidiers, grenade-granata)-Yevropa armiyalarida XVII-XX asrlarda piyoda qo’shin turi; qo’l granatalarini otish uchun saralab olingan askarlar guruhi. XVIII asr oxiridan saralangan piyoda qism va qo’shinlar. Otliq Grenadyorlar ham bo’lgan. Yevropa armiyalarida XVII asr o’rtalarida yuzaga kelgan. 1667-1670 yillarda Fransiyada Grenadyorlar jangchilarning maxsus qismi tashkil qilingan. Rossiyada Grenadyorlar rotalari birinchi marta 1694 yili tashkil topdi. 1708 yili Grenadyorlar rotalari birinchi marta 1694 yili tashkil topdi. 1708 yili Grenadyorlar rotalari 5 ta grenader polkiga aylantirilgan. 1811 yili Grenadyorlar diviziyalari, 1814 yili esa Grenadyorlar korpuslari tashkil qilindi.