Gugenotlar

Gugenotlar (fransuzcha Huguenots, nemischa Eidgenossen-ittifoqchilar so’zidan)-XVI-XVIII asrlarda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari. Gugenotlarning katoliklar bilan kurashi diniy urushlarga aylangan. 1598 yildagi Nant ediktiga ko’ra, Gugenotlar diniy e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, birmuncha siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritganlar. Rishelye davrida (1629) Gugenotlarning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan: Lyudovik XIV davrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, Gugenotlar diniy e’tiqod erkinligidan mahrum bo’lishgan, ular yoki katolik diniga o’tishlari, yoki Frantsiyani tark etishlari lozim bo’lgan (Gugenotlarning ko’pchiligi mamlakatni tark etgan). XVIII asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida Gugenotlar katoliklar bilan teng huquqli bo’lishga erishganlar.