Demetra

Demetra-yunon mifologiyasida dastlab hosildorlik, dehqonchilik, keyinchalik nikoh va oilaviy hayot ma’budasi. Kronos va Reyaning qizi, Zevsning singlisi, Persefonaning onasi. Demetra odamlarga bug’doy boshog’ini sovg’a qilgan va ularni dehqonchilikka o’rgatgan. Yer osti saltanati xudosi Aid Persefonani o’g’irlab ketganda, Demetra g’azablangan va yer hosil bermay qo’ygan, ocharlik boshlangan. Shunda Zevs Persefonaga yarim yil ostida Aid bilan bo’lishni buyurgan. Bu afsonada o’simlik dunyosining har yili xazon bo’lishi va yangidan uyg’onish jarayonini aks etgan. Demetra rimliklar mifologiyasidagi Tseraraga mos keladi.