Diotsez
Diotsez (lotincha diocesis, yunoncha diokesis so’zidan)-1) dastlab Qadimgi Rimda miloddan avvalgi I asrdan shahar okrugini anglatgan atama; keyinchalik, printsipat davrida, provintsiya (eparxiya) ning bir qismi, Diokletian islohotlaridan so’ng (III asr oxiri) tarkibiga bir necha provintiyalar kirgan yirik ma’muriy birlik. Diotsez tizimi Vizantiyada 630 yilgacha, femalar joriy etilgunga qadar, mavjud bo’lgan; 2) katolik, anglikan va bir qator protestant cherkovlarida cherkov ma’muriy-hududiy birligi, arxiyerey (yepiskop va arxiyepiskop) tomonidan boshqarilgan.