Difiramb
Difiramb (yunoncha dithyrambos)-Yunonistonda may-musallas ma’budasi, kayf-safo xudosi hisoblangan Dionis (yoki Vakx) sharafiga aytilgan tantanali xor qo’shig’i. Miloddan avvalgi VII-V asrlarda adabiy shakl, lirika janri (Arion, Pindar Difiramblari). Keyinchalik Difiramb yakkaxon qo’shiq turiga aylangan.