Dodxoh, dodxo

Dodxoh, dodxo (forscha-adolat istovchi)-1) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida: a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi kalon; Qo’qon xonligida bu mansub amaldorlar ro’yxatida to’qqizinchi o’rinda (parvonachidan keyin, biydan oldin) turgan. Dodxoh yiliga xon xazinasidan 700 botmon va 1000 tilla pul olgan; 2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga yetkazib, javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor. Qo’qon xonligida bunday amaldor hudaychi deb nomlangan.