Yorg’uchoq

Yorg’uchoq (turkcha)-donni yormalash va un qilish uchun toshni yo’nib tayyorlangan qadimgi asbob. Yorg’uchoq ilk neolit davri (miloddan avvalgi 40mingyillikda) paydo bo’lgan, milodiy III-IV asrlargacha foydalanilgan. Yorg’uchoq 2 yassi toshdan iborat, ostki toshi kengroq, biroq tayloq, ustkisi esa qabariq yuzli bo’lgan. Donni ustki toshdagi maxsus teshikdan pastki tosh ustiga solib, ustki tosh bilan ishqalab maydalangan. III-IV asrlarda dumaloq toshli qo’l tegirmoni paydo bo’lgach, Yorg’uchoq deyarli ishlatilmagan. Tog’li joylar va dasht-cho’llarda yashovchi kishilar orasida XX asr 20-yillarigacha keng tarqalgan.