Ichkilar

Ichkilar-Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qo’riqchilar, mulozimlar va beklar. Asosan, hukmdorga yaqin va sodiq zodagonlar safidan o’rin olgan Ichkilar zarurat vaqtlarda harbiy harakatlarda ham ishtirok etgan. Boburning ta’kidlashicha Ichkilar davlat oldidagi ulkan xizmatlari evaziga ulug’ beklar darajasiga ko’tarilgan hamda saltanatdagi mavjud imtiyozlarga ega bo’lgan. Hukmdor saroyidan uzoqdagi viloyat va tumanlarda faoliyat ko’rsatuvchi beklar tashqi beklar yoki sarhad beklari deb yuritilgan.